10.05.2023

Click-akkauntingizni firibgarlardan bepul himoyalang! Endilikda Click Up sizni yuzingizdan taniydi!

Bepul Identifikatsiya – sizni yuzingiz yordamida tanib oluvchi funksiya. 

Mazkur jarayondan o’tar ekansiz, siz o’zingizni Click tizimiga “tanishtirasiz” va akkauntingizni o’zingizga bog’laysiz.
Endilikda, agar shaxsiy ma’lumotlaringiz (kirish kodi) firibgar qo’liga tushib qolsa, telefoningizni yo’qotib qo’ysangiz yoki Click-akkauntingiz bloklansa, mablag’ingizni hech kim qo’lga kirita olmaydi, akkauntingizni esa sizsiz hech kim blokdan chiqara olmaydi, chunki Click sizni taniydi va shaxsiy ma’lumotlaringizni biladi. 

Identifikatsiyadan o'tish uchun:
🔹 "Click Up" ilovasining yuqori chap burchagidagi menyuga o'ting;
🔹 Telefon raqamingizni bosing;
🔹 "Identifikatsiyadan o'tish" tugmasini bosing va kerakli ma'lumotlarni kiriting;

Click bilan mablag’ingiz himoya ostida!