03.11.2023

Click Up – O’zbekistondagi eng taniqli fintex ilova

Click Up – O’zbekistondagi eng taniqli fintex ilova

2023-yilning 28-aprel kunidan 12-may kunigacha AFS Research kompaniyasi brend qanchalik taniqli va obro’li, qanday assotsiatsiyalarni esga solishi va bu ko’rsatkichlar vaqt o’tishi bilan qanday o’zgarishini aniqlash maqsadida Brand Health Tracking tadqiqotini o’tkazdi.

 

Biz kimlarni so’rov qildik?

So’ralganlar – 18-55 yoshdagi, O’zbekistonning turli viloyatlarida istiqomat qiluvchi (Andijon, Buxoro, Qarshi, Namangan, Samarqand, Toshkent, Urganch, Farg’ona) ayollar va erkaklar. So’rovdan o’tkazilgan respondentlarning umumiy soni – 2001 kishi.

Mazkur tadqiqotlarga binoan Click to’lov tizimlari orasida eng ko’p esga olinuvchi brend deb topildi – marka haqida chuqur bilimga egalar soni 64%. So’ralganlarning 91% Click brendi haqida tushunchaga ega. Click Up ilovasidan foydalanish tajribasiga ega (bir marta bo’lsa ham) respondentlarning soni 67% tashkil qildi. Bu mahalliy bozordagi eng yuqori ko’rsatkchidir.

AFS Research 2023-yil. 

Tadqiqotni bu yerda yuklab olish mumkin

 

Google Play Market platformasidan Click Up ilovasini yuklab olish bo’yicha ma’lumotlar mazkur tadqiqotlar natijasini yaqqol tasdiqlaydi. 2023-yilning sentabr oyida Click Up ilovasi O’zbekistondagi fintex ilovalar orasida eng ko’p yuklab olingan ilovaga aylandi (Finance №1). Google Play Market platformasida Click Up ilovasi yuklanishlari soni 10 milliondan oshdi. Click foydalanuvchilari soni esa 12 milliondan oshdi.