14.11.2023

Click Up ilovasida qo’shimcha darslar to’lovini amalga oshirish mumkin!

Agar sizning bolajoningiz davlat maktabida qo’shimcha darslarga qatnasa, siz Click Up orqali qo’shimcha darslarni atigi bir necha daqiqada to’lashingiz mumkin.

Qo’shimcha darslarni to’lash uchun:
• Click Up ilovasiga kiring
• “To’lov” bo’limiga o’ting
• “Ta’lim” bo’limini oching
• Qidiruv oynasida «Школьная продленка» nomini kiriting yoki ro’yxatda toping
• Abonent hisob raqami va o’quvchining shaxsiy ma’lumotlarini kiriting
• To’lov summasini kiriting va “To’lash” tugmasini bosing
• Tayyor!

Abonent hisob raqamini sizga maktab ma’muriyati yoki buxgalteriya taqdim etishi mumkin. Jarayon atigi bir necha daqiqa vaqt egallaydi, qulay va xavfsizdir. Click Up orqali to’lash imkoniyati barcha davlat maktablarida mavjud.

Ilovani yuklab olish
Bo’limga o’tish