11.09.2026

Click Obuna 1 so‘m uchun

1–17-sentyabr kunlari Click’da «Click Obuna 1 so‘mga» aksiyasi o‘tkaziladi. Taklif doirasida foydalanuvchilar Comfort New promo-tarifini 1 so‘mga faollashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Tarifga quyidagilar kiradi:

• komissiyasiz 5 million so‘mgacha o‘tkazmalar;

• barcha to‘lovlar uchun 0,3% keshbek;

• bepul «Kartalar monitoringi»;

• ustuvor qo‘llab-quvvatlash xizmati;

• interfeysning oltin rangdagi mavzusi.

Taklif uni olish vaqtida oxirgi to‘rt oy davomida Click SuperApp’da to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirmagan foydalanuvchilar uchun amal qiladi.

Promo-davr tugagandan so‘ng obuna o‘xshash Comfort tarifining qiymati bo‘yicha amal qilishda davom etadi. Uni istalgan vaqtda Click SuperApp’da o‘zingiz o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. O‘chirilgandan so‘ng obuna uzaytirilmaydi va keyingi yechib olishlar amalga oshirilmaydi.

Batafsil ma’lumot – aksiya shartlarida.