29.11.2023

Click 1 milliard so‘m sovg‘a qilmoqda!

Click yangi “Clickdan milliard” aksiyasini ishga tushirmoqda. Aksiya 29 noyabrdan 24 yanvargacha davom etadi. Asosiy pul mukofotidan tashqari, ishtirokchilar bir lahzada olinadigan pul mukofotlari va hamkorlarning sovg‘alarini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ishtirokchi boʻlish uchun “Aksiya” boʻlimiga oʻtib, ishtirokingizni tasdiqlash va 100 000 soʻm pul oʻtkazmasini amalga oshirish kerak. Hammasi imkon qadar sodda!

 

100 000 so‘m miqdoridagi har bir o‘tkazma o‘yinda ishtirok etish uchun 1 ta imkoniyatdir. Har bir to'liq 100 000 so'm uchun sizga 1 imkoniyat beriladi. Masalan, 786 000 so'm o’tkazma = 7 imkoniyat.

Foydalanuvchilar ko'proq o'tkazmalarni amalga oshirish orqali imkoniyatlarni to'plashlari mumkin. Bundan tashqari, har bir o’yindan so'ng, imkoniyatlar kuyib qolmaydi, aksincha, to'planadi.

 

Aksiyaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lib, har kunlik o’yinlarni hamda har ikki haftada bir yirik pul mukofotlarini o‘z ichiga oladi.

Aksiya 29-noyabrdan 24-yanvargacha davom etadi va biz har ikki haftada bir marta pul mukofotlari oʻyinlarini oʻtkazamiz.

 

Aksiyaning yirik pul yutug‘i g‘oliblari tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi.

 

Bosqichlarning muddatlari

O'yinning 1-bosqichi - 14 dekabr - imkoniyatlar 29 noyabr soat 12:00 dan 13 dekabr 11:59 gacha to'planadi;
O'yinning 2-bosqichi - 28 dekabr - imkoniyatlar 29 noyabr soat 12:00 dan 27 dekabr 11:59 gacha to'planadi;
O'yinning 3-bosqichi - 11 yanvar - imkoniyatlar 29 noyabr soat 12:00 dan 10 yanvar 11:59 gacha to'planadi;
O'yinning 4-bosqichi - 25 yanvar - imkoniyatlar 29 noyabr soat 12:00 dan 24 yanvar 11:59 gacha to'planadi.

 

Muhim!

Aksiya ishtirokchilari aksiyada yutgan taqdirda sovrinni qo’lga kiritish uchun identifikatsiyadan o’tgan bo‘lishi kerak, va sovrin ularning Click hamyoniga o‘tkaziladi.

 

O'ynashni yaxshi ko'radigan va o'z imkoniyatlarini oshirmoqchi bo'lgan ishtirokchilar uchun biz bir xil tasvirlarni topishingiz kerak bo'lgan o'yinni taklif qilamiz. Agar rasmlar juftlari topilsa, foydalanuvchi g'olib bo'ladi va quyidagi sovrinlardan birini qo'lga kiritadi:

+1 imkoniyat - Asosiy pul mukofoti o'yinida +1 imkoniyatga ega bo'ling.

+ 5 imkoniyat - Asosiy pul mukofoti o'yinida +5 imkoniyatga ega bo'ling.

10 000 so‘m – Click-Hamyoniga 10 000 so‘m mukofot.

100 000 so‘m – Click hamyoniga 100 000 so‘m mukofot.

Hamkordan mukofot - Promo-hamkorlarning tovarlari yoki xizmatlariga promo-kod/chegirma.

Premium obuna - Click-dan 30 kunlik premium obuna.

 

Birinchi kirganingizdan so'ng va har dushanba kuni siz o'yinni o'ynashingiz mumkin. Do'stlaringizni taklif qilish orqali siz o'yinni o'ynash uchun +1 urinish olasiz.

 

Batafsil shartlarni Aksiya ofertasida topishingiz mumkin.

Ilovani yuklab olish
"Aksiya" bo'limiga o'tish