12.08.2024

Click — Green Energy sertifikatlariga ega bo'lgan birinchi to'lov kompaniyasi

 

Biz O'zbekistonda IRECs Green Energy sertifikatlarini qo'lga kiritgan birinchi to'lov kompaniyasi bo'lganimizni e'lon qilishdan mamnunmiz. Taqdimot 9-avgust kuni Click ofisida bo'lib o'tdi.

I-REC “Yashil sertifikatlar” — Click qayta tiklanadigan energiya bilan shug'ullanadigan kompaniyalar rivojlanishiga hissa qoʻshganligini bildiradi ♻️

Biz qayta tiklanadigan energiyani qo'llab-quvvatlash jamoamizga ham, jamiyatimizga ham foyda keltirishiga ishonamiz.

Ekologiya masalasi har doim aktualdur. Bizning misolimiz boshqa kompaniyalarni ham ekologik toza yo'l tutishga ilhomlantiradi deb umid qilamiz.

Toza ekologiyalik kelajakni birgalikda quraylik!