02.12.2024

Click SuperApp bo’ldi: foydalanuvchilar va biznes uchun yangi imkoniyatlar

Bugun Click hamkorlar uchun o’tkazilgan taqdimotda o‘zining SuperApp-ga aylanishi, hamda foydalanuvchilar va biznes uchun yangi imkoniyatlar haqida gapirib berdi.

  

SuperApp – bu hayotning turli sohalarida foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondiradigan turli mahsulot va xizmatlarni birlashtiruvchi ko'p funksiyali ilova. Mazkur format barcha kerakli xizmatlarni yagona interfeysda olish imkonini beradi.

 

Biznes uchun yangi imkoniyatlar

Click har qanday miqyosdagi biznes uchun Click SuperApp platformasida shaxsiy mini-ilovalar ochish imkonini beradi. Mazkur platforma kartalari allaqachon bog’langan 18 million ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilarni taqdim etishi sababli, biznes uchun juda manfaatlidir. Alohida ilova uchun bu kabi miqdorda foydalanuvchilarni jalb qilish ko’p yil va yirik mablag’ sarfini talab qilgan bo’lar edi.

 

Biznes integratsiyasini osonlashtirish uchun, Click tayyor hamkorlar yechimlarini taklif qiladi, ular yordamida mini-ilovalarni ko’p mablag’ sarflamagan holda yaratish mumkin.  

 

Ilk ilovalar Click SuperApp-da allaqachon mavjud - bu yil foydalanuvchilar taom va gullarni yetkazib berish, shuningdek, poverbanklarni ijaraga olish kabi imkoniyatlarni qo’lga kiritishdi. Ushbu model talabga ega ekan – odamlar ko'plab ilovalarni yuklab olishni, har birida ro'yxatdan o'tishni va kartalarni bog'lashni xohlamaydilar, ayniqsa bu yangi xizmat bo'lsa. Click-da foydalanuvchi keraksiz qadamlarsiz xizmatdan to'g'ridan-to'g'ri foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Shuningdek, Click oflayn joylarda to'lov imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Bugunning o’zida Click SuperApp ilovasi orqali siz Tez QR terminallarida QR-kod yordamida to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Click hamkorlari uchun o'z Click Sado kolonkasini yaratdi. Sotuvchi to‘lov amalga oshirilganligini tekshirishi shart emas – agar tranzaksiya muvaffaqiyatli bo‘lsa, terminal maxsus signal bilan to‘lov haqida xabar beradi va to’lov summasini aytadi.

 

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun xizmat

Click Business-ning navbatdagi yangiliklaridan biri yakka tartibdagi tadbirkorlarga qaratilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 4 milliondan ortiq kishi yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega. Click-da bir daqiqadan kam vaqt ichida profilni ro'yxatdan o'tkazish va keyin QR-kod yordamida alohida hamyonga mijozlardan to'lovlarni qabul qilishni boshlash mumkin. Mablag’ hamyonga shu ondayoq borib tushadi va undan birdaniga foydalanish mumkin, masalan hamyondan to’lash yoki Click-ga bog’langan boshqa kartalarga pul o’tkazish. Shaxsiy kabinetda to'lovlar va xarajatlar haqidagi ma'lumotlar qulay formatda taqdim etilgan, bu esa, o’z navbatida, moliyani samarali boshqarishga yordam beradi.

 

Foydalanuvchilar uchun yangi yechimlar

Click o’zining yangilangan Click Premium obunasida manfaatli shartlarni taklif qildi.

Obuna narxi 35 000 so‘mga tushdi va unga Uzcard va Humo kartalari o‘rtasida oyiga 8 million so‘mgacha bepul o‘tkazmalar, premium qo‘llab-quvvatlash, ko‘paytirilgan keshbek va to‘lovlar tarixini qulay formatda kuzatib borish kabi imkoniyatlar kiradi.

Shuningdek, foydalanuvchilar Click Travel sayohatni rejalashtirish platformasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Xizmat maanfaatli chegirmalarni topish, tayyor turlarni xarid qilish, mehmonxonalar va aviachiptalarni bron qilish, shuningdek sug'urta qilish imkonini beradi. Ilova BAA, Misr va boshqa mamlakatlardagi mashhur kurortlarga sayohatlarni taklif etadi.

Marosimda taqdim etilgan yana bir xizmat - bu butun oila uchun kontentga ega bo'lgan Click TV platformasi. Foydalanuvchilar har bir oila aʼzosi uchun shaxsiy tavsiyalar, jumladan, bolalar kontentini olish uchun alohida profillarni sozlashlari mumkin. Platformada 150 ta telekanal (musiqa, sport, koʻngilochar), shuningdek, koʻrsatuvlar, seriallar va filmlarni, jumladan, oʻzbek tilida ham tomosha qilish mumkin.