30.12.2024

Muhim o'zgarishlar

Hurmatli foydalanuvchilar!

Sizlarga kartalarni monitoring qilish xizmati narxi o‘zgargani haqida xabar beramiz. Bir karta uchun monitoring xizmati narxi avvalgi 1000 so‘m o‘rniga 2000 so‘mni tashkil qiladi.

Bu o‘zgarishlar hamkorlarimiz tomonidan tariflar o‘zgarishi bilan bog‘liq. Biz doim shaffoflikni ta’minlashga intilamiz va o‘zgarishlarni joriy etishda sizlarning manfaatlaringizni inobatga olamiz.

Eslatib o‘tamiz, Click Premium foydalanuvchilari uchun kartalarni monitoring qilish xizmati to‘liq bepul qoladi. Siz dasturda obuna rasmiylashtirib, premium-akkauntning barcha afzalliklaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.