18.11.2026

Click “Click bilan birga” ishtirokchilarini kontent yaratuvchilar uchun yangi loyihaga taklif qiladi

“Click bilan birga” tanlovi davomida ishtirokchilar o‘z qiziqishlari va sevimli mashg‘ulotlari haqida ijodiy videolar orqali so‘zlab berishdi. Endi esa Click eng kreativ videolar mualliflarini brend uchun kontent yaratishda o‘zlarini sinab ko‘rishga taklif qiladi.

Loyiha 2026-yil 24-noyabrdan 25-dekabrgacha davom etadi. Ishtirokchilarni Click jamoasi bilan uchrashuv, treninglar va ijodiy videolar tanlovi kutmoqda.

Loyiha yakunida ayrim ishtirokchilarga Click bilan kelgusida haq to‘lanadigan hamkorlikni davom ettirish taklif qilinishi mumkin.

Loyiha doirasida ishtirokchilar Click xizmatlariga oid topshiriqlar olib, o‘z videolarini tayyorlaydilar. Bu brend bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish va ilovaning tanish funksiyalari haqida o‘ziga xos tarzda so‘zlab berish imkoniyatidir.

Loyihaning ushbu bosqichida Click jamoasi tomonidan taklif etilgan “Click bilan birga” tanlovi ishtirokchilari qatnashadi.