23.04.2026

O‘zgarishlar to‘g‘risida xabarnoma

Click foydalanuvchilariga shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-maydan boshlab Uzbekistan Airways mini-ilovasi hamda Click hamkorlarining "Katta keshbek" sodiqlik tizimi o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Qo‘shimcha ravishda shuni ma’lum qilamizki, Inson Uchun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazilmoqda. Tashkiliy masalalar bo‘yicha 1140 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Shu bilan birga, Click foydalanuvchilari avvalgidek Inson Uchun mini-ilovasi orqali bolalar va oilalarga yordam ko‘rsatishni davom ettirishlari mumkin.