15.04.2026

SMS-xabarnomalar narxining o'zgarishi

2026-yil 1-maydan boshlab Click tizimi orqali operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarilganda yuboriladigan SMS-xabarlar narxi o'zgaradi.

Quyidagi operatorlar bo'yicha SMS-xabarnomalarning yangilangan narxi:

Beeline — 168,4 so'm
Mobi.uz — 168,4 so'm
Perfectum — 168,4 so'm
Uzmobile — 168,4 so'm

 

O'zgarishlar quyidagi operatsiyalarda yuboriladigan SMS-xabarlarga nisbatan qo'llaniladi:

- to'lov
- avtoto'lov
- o'tkazmalar
- mablag'larni o'tkazish (perebros)
- balansni so'rash

Narxning oshishi SMS-xabarnomalar servisiga xizmat ko'rsatish xarajatlarining ortishi bilan bog'liq.