04.05.2026

Click orqali QR-kod yordamida yoqilg‘i uchun to‘lov

Yoqilg‘i quyish shoxobchasida to‘lovni bir necha soniya ichida amalga oshirish mumkin — buning uchun Click ilovasida QR-kodni skanerlash kifoya. Bu tez va qulay usul bo‘lib, hozirda ko‘plab AYoQShlarda mavjud.

 

Qanday ishlaydi

 

1. Click ilovasida QR-kod skanerini oching.

2. Kamerani QR-kodga yo‘naltiring — u kassada yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqilg‘i kolonkasi yonida joylashgan bo‘lishi mumkin.

3. Summani tekshirib, to‘lovni tasdiqlang.

 

Click ilovasida QR-kodlarni skanerlash kameraga ega barcha qurilmalarda ishlaydi va smartfon modeliga bog‘liq emas — asosiysi, kamera soz holatda bo‘lishi kerak.

To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun barqaror internet aloqasi zarur. Kamdan-kam hollarda QR-kodni o‘qishda yoki to‘lovni amalga oshirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar foydalanuvchi tomonidagi internetning beqarorligi yoki xizmat ko‘rsatish nuqtasidagi vaqtinchalik aloqa uzilishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.