Click Obuna mahsuloti ishga tushirilishi haqida bildirishnoma
Hurmatli Click foydalanuvchilari!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 8-maydan boshlab Click Obuna mahsuloti — turli xizmatlar to‘plamini o‘z ichiga olgan tariflardan iborat servis ishga tushirilmoqda. 8-maydan 17-mayga qadar Click Obuna tizim tomonidan tasodifiy tarzda tanlab olingan cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘ladi.
Shundan so‘ng, Click Obuna barcha Click foydalanuvchilari uchun amal qiladi. Bu haqda veb-saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali oldindan xabar beramiz. Yangiliklarni kuzatib boring!
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998 (71) 231-08-80
Telegram-bot: @clickuz