"Kartalar monitoringi" narxi o‘zgarishi to‘g‘risida bildirishnoma
2026-yil 1-sentabrdan boshlab Click SuperApp ilovasida "Kartalar monitoringi" obuna narxi oyiga 6 490 so‘mni tashkil etadi.
Ushbu o‘zgarish har yilgi indeksatsiyaning oshishi hamda buning natijasida xizmat protsessing narxi ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Shu sababli xizmat narxiga o‘zgatish kiritildi.
Bunda "Kartalar monitoringi"ning barcha imkoniyatlari o‘zgarishsiz saqlanib qoladi.
"Kartalar monitoringi" bitta hisobotda Uzcard va Humo kartalari bo‘yicha xarajatlar hamda tushumlarni kuzatib borish imkonini beradi.
Servis yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
- barcha qo‘shilgan kartalar bo‘yicha operatsiyalarni kuzatish;
- ularni turi, kartasi va sanasi bo‘yicha saralash;
- kerakli operatsiyalarni nomi bo‘yicha tezda topish;
- operatsiyalar tarixini Excel formatida yuklab olish.
"Kartalar monitoringi" xizmatini istalgan vaqtda Click SuperApp ilovasi ichida mustaqil ravishda bekor qilish mumkin. Xizmat o‘chirilgandan so‘ng obuna qayta uzaytirilmaydi va u uchun keyingi yechimlar amalga oshirilmaydi.