28.08.2020

Endi CLICK-Hamyonni VISA va MasterCard xalqaro plastic kartalaridan dunyoning istalgan nuqtasidan turib to’ldirish mumkin!

CLICK-Hamyonni to’ldirish usullari:

 

CLICK Evolution orqali to’ldirganda “Mening kartalarim” bo’limiga o’ting va “Hamyonni to’ldirish” tugmasini bosgandan keyin kerakli xalqaro kartani tanlang.

https://click.uz/uz/wallet sahifasi orqali to’ldirganda esa dunyoning istalgan nuqtasidan to’ldirish mumkin va bunda CLICK tizimida ro’yxatdan o’tish talab qilinmaydi.

 

Hamyon milliy valyutada to’ldiriladi. Komissiya o’tkazma summasidan 3,7% tashkil etadi.

 

* МИР xalqaro plastik kartalaridan o'kazmalar yaqin vaqtda ishga tushadi. Yangiliklarimizni kuzatib boring

 

Hamyonlar bo’yicha cheklovlar:
Identifikatsiya qilinmagan hamyonlar uchun quyidagi cheklovlar mavjud:
Elektron hamyonda saqlanayotgan pul miqdori 5 BHM dan oshmasligi kerak;
1 amaliyotning summasi 1 BHM dan oshmasligi kerak.