25.11.2020

Metroni yanada tezroq qilmoqdamiz!

CLICK PASS metroga tushdi! Endi hech qanday navbatlarsiz va naqd pullarga ortiqcha teginmasdan!

CLICK Evolution ilovasidagi CLICK PASS boʻlimiga kiring va QR kodni turniketdagi skanerga olib boring. Safaringiz haqi kartangizdan yechiladi.

 

Kartangiz yoʻqmi?

CLICK tizimidagi istalgan interfeysi orqali CLICK-Hamyon oching va huddi shunday uslubda safarlaringizga CLICK PASS orqali toʻlang.

 

Ushbu toʻlov usuli "Abdulla Qodiriy" bekatida joriy qilindi va yaqin vaqt ichida barcha metro bekatlarida ishga tushiriladi

 

CLICK - qulay safaringiz yechimi!