27.04.2026

Tariflar va Ommaviy ofertadagi o‘zgarishlar to‘g‘risida bildirishnoma

Hurmatli Click foydalanuvchilari!

 

Biz to‘lovlaringiz barqarorligi, tezligi va xavfsizligini ta’minlash ustida doimiy ravishda ishlab kelmoqdamiz. Infratuzilmani va ma’lumotlar himoyasining yuqori darajasini saqlab turish, jumladan, uzoq vaqt davomida faol bo‘lmagan hisob yozuvlariga xizmat ko‘rsatish katta resurslarni talab etadi.

Sizni 12-may 2026-yildan boshlab Click tizimi Tariflariga o‘zgartirishlar kiritilayotgani, ya’ni https://click.uz/uz/offerwallet Ofertasiga muvofiq faol bo‘lmagan elektron hamyonlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov joriy etilayotgani haqida xabardor qilamiz.

To‘lov o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yuridik shaxslarning hamyonlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Ishonchingiz va Click’dan foydalanayotganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

 

Qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998 (71) 231-08-80

Telegram-bot: @clickuz