Komissiya yo‘q! Click’da qanday qilib komissiyasiz pul o‘tkazish mumkin
Click SuperApp ichida Click Koshelyok mavjud bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchilar alohida bank kartasini rasmiylashtirmasdan va bir-birlariga komissiyasiz pul o‘tkazishlari mumkin.
Bu qanday ishlaydi
Click Koshelyok ilova ichida avtomatik ravishda ochiladi - uni alohida buyurtma qilish, filialda kutish yoki kuryer yetib kelishiga moslashish shart emas. Click Koshelyok’dan to‘liq hajmda foydalanish uchun to‘g‘ridan-to‘gri ilovaning o‘zida onlayn identifikatsiyadan o‘tish kifoya.
Click Koshelyok’ga pulni Uzcard/Humo bank kartalaridan bepul o‘tkazish mumkin. Turli foydalanuvchilarning hamyonlari o‘rtasidagi o‘tkazmalar ham 0% komissiya bilan amalga oshiriladi.
O‘tkazmalar shartlari
• Hamyonlar o‘rtasida o‘tkazmalarda komissiya - 0%
• Oylik bepul o‘tkazmalar soniga hech qanday cheklovlar yo‘q
• Bitta operatsiyaning maksimal summasi - 44 000 000 so‘m
• Hamyondagi maksimal saqlash summasi - 500 000 000 so‘m
Agar 100 000 so‘m yuborilsa, oluvchiga yo‘lda komissiya ushlab qolinmasdan barcha 100 000 so‘m kelib tushadi.
Faqatgina o‘tkazmalar emas
Click Koshelyok’dagi mablag‘lar yordamida, ularni avval kartaga qaytadan o‘tkazib o‘tirmasdan, Click SuperApp’da mavjud bo‘lgan tovarlar va xizmatlar uchun ham to‘lash mumkin.
Komissiya yo‘q! Click Koshelyok!